https://oz.sputniknews.uz/20230505/xitoy-tiv-shht--rangli-inqiloblar-34681254.html
Xitoy TIV ShHT mamlakatlarini birgalikda rangli inqiloblarga qarshi turishga chaqirdi
Xitoy TIV ShHT mamlakatlarini birgalikda rangli inqiloblarga qarshi turishga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar bir-birini o‘z mustaqilligini himoya qilishda hamda rangli inqiloblarga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida (TIVK)ma’lum qildi.
2023-05-05T20:28+0500
2023-05-05T20:28+0500
2023-05-05T20:28+0500
dunyoda
xitoy
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33873729_0:0:1125:634_1920x0_80_0_0_79a0841627ee0ab48307b543e2bd6c2b.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar bir-birini o‘z mustaqilligini himoya qilishda hamda rangli inqiloblarga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida (TIVK)ma’lum qildi.Shuningdek, Xitoy vaziri xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va mintaqaviy tinchlikni saqlash muhimligini ta’kidladi. U terrorizmga, xususan, "Sharqiy Turkiston islom harakati” (Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan), narkotrafik va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.Bundan tashqari, Sin Gan ShHT mamlakatlarini Afg‘onistonni keng va inklyuziv siyosiy hokimiyat tuzishda qo‘llashga chaqirdi.4-5 may kun kunlari Hindistonning Goa shtatida ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. TIV rahbarlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va Belarus va Eronni tashkilotga a’zo sifatida qabul qilish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0d/33873729_67:0:1067:750_1920x0_80_0_0_182d2221827dfea71e1b027644dff613.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy shht rangli inqilob
xitoy shht rangli inqilob
Xitoy TIV ShHT mamlakatlarini birgalikda rangli inqiloblarga qarshi turishga chaqirdi
Xitoy vaziri xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va mintaqaviy tinchlikni saqlash muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo mamlakatlar bir-birini o‘z mustaqilligini himoya qilishda hamda rangli inqiloblarga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida (TIVK)ma’lum qildi.
“Bir-birimizni suverenitet, xavfsizlik va manfaatlar rivojlanishini himoya qilishda, tashqi kuchlarning mintaqa ishlariga aralashishiga va rangli inqiloblarga undashiga qarshi turishda qo‘llab-quvvatlashimiz darkor”, - deya keltiriladi Xitoy TIV
saytida Gan so‘zlari.
Shuningdek, Xitoy vaziri xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va mintaqaviy tinchlikni saqlash muhimligini ta’kidladi. U terrorizmga, xususan, "Sharqiy Turkiston islom harakati” (Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan), narkotrafik va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Sin Gan ShHT mamlakatlarini Afg‘onistonni keng va inklyuziv siyosiy hokimiyat tuzishda qo‘llashga chaqirdi.
4-5 may kun kunlari Hindistonning Goa shtatida ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. TIV rahbarlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va Belarus va Eronni tashkilotga a’zo sifatida qabul qilish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.