https://oz.sputniknews.uz/20230505/turkiy-davlatlar-koinot-qoshma-suniy-yoldosh-34641993.html
Turkiy davlatlar koinotga qo‘shma sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda
Turkiy davlatlar koinotga qo‘shma sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shma sun’iy yo‘ldoshini uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
2023-05-05T13:41+0500
2023-05-05T13:41+0500
2023-05-05T13:41+0500
jamiyat
o‘zbekiston
koinot
turkiy davlatlar tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_0:62:2001:1187_1920x0_80_0_0_665265a04c98459518bcd5027720f5d6.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar Toshkentda qo‘shma sun’iy yo‘ldoshni uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Qayd etilishicha, Toshkentda TDTga a’zo mamlakatlar kosmik agentliklari kengashi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy Osiyo kosmik konferensiyasi doirasida o‘tkazildi.Kengash yakunlari bo‘yicha mamlakatlar milliy kosmik dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi, shuningdek, a’zo mamlakatlarning qo‘shma sun’iy yo‘ldoshini uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.Tadbir ishtirokchilari mintaqada kosmik sohani yanada rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.Ma’lumot uchun, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009-yilda tashkil etilgan. Istanbul sammitida 2021-yil noyabr oyida uning nomini Turkiy davlatlar tashkilotiga o‘zgartirishga qaror qilingan. O‘zbekiston 2023-yilda tashkilotga raislik qilmoqda. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_166:0:1833:1250_1920x0_80_0_0_43fc1ba83930bca65e60a610d5df678d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston turkiy davlatlar tashkiloti koinot
o‘zbekiston turkiy davlatlar tashkiloti koinot
Turkiy davlatlar koinotga qo‘shma sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar qo‘shma sun’iy yo‘ldoshini uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar Toshkentda qo‘shma sun’iy yo‘ldoshni uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Qayd etilishicha, Toshkentda TDTga a’zo mamlakatlar kosmik agentliklari kengashi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy Osiyo kosmik konferensiyasi doirasida o‘tkazildi.
Kengash yakunlari bo‘yicha mamlakatlar milliy kosmik dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi, shuningdek, a’zo mamlakatlarning qo‘shma sun’iy yo‘ldoshini uchirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Tadbir ishtirokchilari mintaqada kosmik sohani yanada rivojlantirish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, koinotdan tinch maqsadlarda foydalanish doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.
"Bu yerda a’zo mamlakatlar o‘zning sun’iy yo‘ldoshini uchirish bo‘yicha muzokaralar va ish boshlanganidan juda xursandmiz, bu misli ko‘rilmagan xalqaro loyiha va bu barcha tomonlar uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz", - deydi Turkiya kosmik agentligi rahbari Serdar Yildirim.
Ma’lumot uchun, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009-yilda tashkil etilgan. Istanbul sammitida 2021-yil noyabr oyida uning nomini Turkiy davlatlar tashkilotiga o‘zgartirishga qaror qilingan. O‘zbekiston 2023-yilda tashkilotga raislik qilmoqda. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriya kuzatuvchi sifatida kiradi.