Toshkentning yana bir ko‘chasida avtobuslar uchun yo‘lak ajratildi

© Press-slujba AO "Toshshaxartransxizmat".Avtobus AO "Toshshaxartransxizmat"
Avtobus AO Toshshaxartransxizmat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Shayxontaxur va Olmazor tumanlarida Beruniy ko‘chasi bo‘ylab ajratilgan jamoat transporti yo‘lagi uchun belgilar o‘rnatish va tegishli belgilar qo‘yish ishlari olib borildi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentning yana bir ko‘chasida avtobuslar uchun yo‘lak ajratildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Poytaxtning Shayxontohur va Olmazor tumanlarida Beruniy ko‘chasi bo‘ylab ajratilgan jamoat transporti yo‘lagi uchun belgilar o‘rnatish va tegishli belgilar qo‘yish ishlari olib borildi.
Avtobuslar uchun chizilayotgan yo‘lakchalar jamoat transportlarining tirbandlikda qolmasligi uchun zarur.
Ushbu yo‘lakchalarda avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Avvalroq Toshkent shahrida jamoat transporti barqarorligi va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida 2023-yilda avtobuslar uchun uzunligi 116,3 kilometr bo‘lgan 13 ta alohida yo‘lak o‘rnatish rejalashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0