Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon telefon orqali muloqot qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari yaqin kelajakda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tojikiston yetakchisi davlat rahbarini O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari joriy kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikkinchi Hududlar forumi kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekanini ta’kidladilar.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0