Bugun poytaxtdagi ayrim xonadonlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

CC0 / Pixabay / Lampochka, arxivnoe foto
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining MirzoUlug‘bek, Yashnobod hamda Uchtepa tumanlari hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bugun poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali ma’lum qildi.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Uchtepa tumanlari hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subyektlarida elektr energiyasi soat 09:00 dan 17:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Quyidagi manzillarda elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi:
Mirzo Ulug‘bek tumanining: "A.Temur" va "Jasorat" MFYlari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Yashnobod tumanining: Farg‘ona yo‘li ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
Uchtepa tumanining "Beshqayrag‘och" MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarida.
Mazkur hududlarda elektr energiyasi iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish va ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida o‘chiriladi.
Yangiliklar lentasi
0