O‘zbekiston va Qozog‘iston tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazadi

© Press-slujba premyer-ministra Respubliki KazaxstanPremyer-Ministr Kazaxstana Alixan Smailov provel peregovori s Premyer-Ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim v preddverii 20-go zasedaniya Mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu v Tashkente.
Premyer-Ministr Kazaxstana Alixan Smailov provel peregovori s Premyer-Ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim v preddverii 20-go zasedaniya Mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil qilgan.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning yigirmanchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba premyer-ministra Respubliki KazaxstanPremyer-Ministr Kazaxstana Alixan Smailov provel peregovori s Premyer-Ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim v preddverii 20-go zasedaniya Mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu v Tashkente.
Premyer-Ministr Kazaxstana Alixan Smailov provel peregovori s Premyer-Ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim v preddverii 20-go zasedaniya Mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Premyer-Ministr Kazaxstana Alixan Smailov provel peregovori s Premyer-Ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim v preddverii 20-go zasedaniya Mejpravitelstvennoy komissii po dvustoronnemu sotrudnichestvu v Tashkente.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov raisligida o‘tgan majlisda ikki tomonlama munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik tamoyillari asosida faol rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Bunda prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayevning birgalikdagi sa’y-harakatlari muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zaro savdo jadal rivojlanmoqda. Oxirgi besh yilda tovar ayirboshlash ikki baravardan oshdi. O‘tgan yili uning hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatlar rahbarlari hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan.
Mazkur yo‘nalishda tuzilgan ishchi guruhlar ayni paytda faol ish olib bormoqda.

“Endi yuqori darajada qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, o‘rta muddatli istiqbolda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishimiz kerak”, - dedi Smailov.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 1200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishi sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ekani qayd etildi.
Davlatlar rahbarlarining o‘tgan yil dekabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan “Yo‘l xaritasi” barcha ustuvor yo‘nalishlarni, jumladan, qiymati 10 milliard dollarlik aniq loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Issiqlik elektr stansiyalarini qurish, fosforli va mineral o‘g‘itlar, maishiy texnika, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, to‘qimachilik klasterlarini yaratish, avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ko‘plab loyihalar shular jumlasidandir.

“O‘zaro savdoda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston savdo, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan. Umuman olganda, biz qardosh Qozog‘iston bilan munosabatlarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdormiz”, - dedi Aripov.

Yig‘ilishda mazkur vazifalar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda savdo-sotiq, investitsiya, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Majlis yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0