O‘zbekistonda gaz "zapravkalar"da hech qanday cheklov yo‘q — Energetika vazirligi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishZapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi”da ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan bosimning ma’lum muddatga pasayishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, hozirda quvurlarda gaz bosimi bir maromda bo‘lib, respublikamiz, xususan, vodiy viloyatlarida gaz shoxobchalarining faoliyatini cheklashga hech qanday asos mavjud emasligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining talabiga nisbatan 10-15 foizga ko‘p tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
Qayd etilishicha, ayrim gaz shoxobchalari faoliyatida noqonuniy holatlar, davlat va iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazilayotgani aniqlangan. Hozirda tekshirish ishlari olib borilayotgani bois ular faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Yangiliklar lentasi
0