Kimyo bo‘yicha Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining dastlabki natijalari sarhisob qilindi

© RIA NovostiVideomost Moskva – Astana, posvashenniy pervim itogam 57-y Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiadi shkolnikov po ximii (MMO-57).
Videomost Moskva – Astana, posvashenniy pervim itogam 57-y Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiadi shkolnikov po ximii (MMO-57). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqa tashkilotchilari va ishtirokchilari olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi, shuningdek, Moskva-Ostona videoko‘prigida uning birinchi natijalarini sarhisob qilishdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Qozog‘istonning Ostona shahrida 1-6 may kunlari kimyo bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasining (XMO-57) dastlabki natijalari sarhisob qilindi.
Olimpiada tashkilotchilari va ishtirokchilari olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini payshanba kuni "Rossiya Segodnya" media guruhi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Moskva – Ostona videoko‘prigida muhokama qilib, uning dastlabki natijalarini sarhisob qilishdi.
Videoko‘prikni ochar ekan, Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kimyo fakulteti ilmiy rahbari, maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan kimyo bo‘yicha Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi raisi Stepan Kalmikov Ostonadagi olimpiada yuqori darajada o‘tayotganini ta’kidlab, uning ilm-fanni ommalashtirishdagi ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.
© RIA NovostiStepan Kalmikov - vitse-prezident RAN, nauchniy rukovoditel ximicheskogo fakulteta MGU im. M.V.Lomonosova, predsedatel orgkomiteta Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiadi shkolnikov po ximii.
Stepan Kalmikov - vitse-prezident RAN, nauchniy rukovoditel ximicheskogo fakulteta MGU im. M.V.Lomonosova, predsedatel orgkomiteta Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiadi shkolnikov po ximii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Stepan Kalmikov - vitse-prezident RAN, nauchniy rukovoditel ximicheskogo fakulteta MGU im. M.V.Lomonosova, predsedatel orgkomiteta Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiadi shkolnikov po ximii.
"Olimpiada va u bilan bog‘liq hamma narsa insonlarga – kimyo qiziqarli va muhim ekanligini, u atrofimizda va ichimizda ekanligini ko‘rsatishga yordam beradi. Kimyo bizning kelajagimiz, mamlakatning texnologik rivoji u bilan bog‘liq. Olimpiada yana nima uchun muhim? Ko‘pchilik sport bilan shug‘ullanadi va kimyo olimpiadasi ham sport kabidir, faqat zakovat darajasida. Turli mamlakatlardan kelgan yoshlar o‘z bilimlari bo‘yichabellashadi, bu ularni va ularning do‘stlarini kimyo va boshqa tabiiy va texnik fanlarni o‘rganishga undaydi, shuning uchun bizning olimpiada juda muhim", degan fikrni bildirdi Stepan Kalmikov.
Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi raisi Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarning XMO g‘oliblariga Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda imtiyozlar berish masalasini ham ko‘rib chiqishiga umid bildirdi.
Andrey Melnichenko jamg‘armasi ijrochi direktori, XMO tashkiliy qo‘mitasi hamraisi Aleksandr Cherednik Olimpiada ishtirokchilar uchun muvaffaqiyatli ijtimoiy yuksalish bo‘lib borayotganini ta’kidladi.
© RIA NovostiAleksandr Cherednik - ispolnitelniy direktor Fonda Andreya Melnichenko, sopredsedatel orgkomiteta MMO.
Aleksandr Cherednik - ispolnitelniy direktor Fonda Andreya Melnichenko, sopredsedatel orgkomiteta MMO.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Aleksandr Cherednik - ispolnitelniy direktor Fonda Andreya Melnichenko, sopredsedatel orgkomiteta MMO.
“Maktab o‘quvchilari 6-7-sinfdan boshlab tanlovda yuqori natijalarga erishishga harakat qilmoqdalar. Agar ular o‘z mehnati va iqtidori bilan bunga erishsa, ular o‘zlarining kelajakdagi hayotida, o‘qish bosqichida ham, kasbiy faoliyatda ham, olim, muhandis yoki tadbirkorlik – qanday kasbni tanlashlaridan qat’i nazar yutuq va afzalliklarga ega bo‘lishadi. <…> G‘olib va ​​sovrindorlarga alohida imtiyozlar berish masalalari milliy davlatlar doirasida hal etilishi kerak”, dedi u.
Qozog‘iston Respublikasi ta’lim vazirligining O‘rta ta’lim qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zaure Baymenova Qozog‘istonning xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazish tajribasi haqida gapirdi.
© RIA NovostiZaure Baymenova - zamestitel predsedatelya komiteta srednego obrazovaniya Ministerstva prosvesheniya Respubliki Kazaxstan.
Zaure Baymenova  - zamestitel predsedatelya komiteta srednego obrazovaniya Ministerstva prosvesheniya Respubliki Kazaxstan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Zaure Baymenova - zamestitel predsedatelya komiteta srednego obrazovaniya Ministerstva prosvesheniya Respubliki Kazaxstan.
"Biz hamkasblar bilan olimpiadalarni oflayn rejimga qaytarish zarur, deb hisoblaymiz, chunki bu nafaqat intellektual musobaqa, balki tanishuv, muloqot va tajriba almashishdir. Bunday tadbirlarda qatnashish orqali yoshlar o‘zaro do‘stlashadilar. Shuning uchun dastur tuzish davomida biz yashash, ovqatlanish, muloqot qilish uchun qulay shart-sharoitlarni, shuningdek, boy madaniy dasturni taqdim etishga harakat qildik”, dedi u.
XMO-56 mutlaq g‘olibi, Akademik V.V.Lunin mukofoti sohibi Ignatiy Tarabrin videoko‘prik ishtirokchilariga Mendeleyev olimpiadasida qatnashish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va mashg‘ulotlar davomida egallangan ko‘nikmalar haqida gapirib berdi.
© RIA NovostiIgnatiy Tarabrin - absolyutniy pobeditel MMO-56, obladatel Premii imeni akademika V.V.Lunina.
Ignatiy Tarabrin - absolyutniy pobeditel MMO-56, obladatel Premii imeni akademika V.V.Lunina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Ignatiy Tarabrin - absolyutniy pobeditel MMO-56, obladatel Premii imeni akademika V.V.Lunina.
"Olimpiadalarga tayyorgalik ko‘rganimdagi uch yil vaqt ichida olgan bilimlarim shu kungacha menga yordam beradi. Bu bilimlarni olish uchun esa o‘qishni, mustaqil ravishda yangi bilimlarni izlashni va g‘alaba qozonishni o‘rganishim kerak edi. Bu ko‘nikmalar menga bugun ham, Moskva davlat universitetining kimyo fakultetida o‘qishimda yordam bermoqda. Olimpiadaning o‘ziga kelsak, O‘zbekistonga sayohat juda ajoyib va ​​juda yorqin o‘tdi. Olimpiadada qatnashish bizni jamoadoshlarimiz bilan juda kuchli birlashtirdi, hozir ularning ba’zilari men bilan birga bir guruhda tahsil olishadi”, dedi u.
Rossiyaning XMO-57 jamoasi a’zosi Dariya Azarova musobaqa haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va tashkilotchilarga tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
© RIA NovostiDarya Azarova - uchastnitsa sbornoy Rossii na MMO-57.
Darya Azarova - uchastnitsa sbornoy Rossii na MMO-57. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Darya Azarova - uchastnitsa sbornoy Rossii na MMO-57.
“Hakamlar hay’ati a’zolariga alohida rahmat aytmoqchiman. Ohirgi nazariy bosqichdagi topshiriqlar ancha qiyin bo‘lganligi olimpiada darajasidan dalolat beradi, ammo ularni hal qilish juda qiziqarli o‘tdi. Menga olimpiadadagi yaxshi muhit yoqadi, bu bizga ko‘p yordam beradi", dedi Dariya Azarova.
XMO-57 bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi terma jamoasi a’zosi Bekbolat Mamirbekov 2022 va 2023-yilgi olimpiadalarda to‘plangan tajribani yuqori baholadi.
© RIA NovostiBekbolat Mamirbekov - uchastnik sbornoy Respubliki Kazaxstan na MMO-57.
Bekbolat Mamirbekov - uchastnik sbornoy Respubliki Kazaxstan na MMO-57. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Bekbolat Mamirbekov - uchastnik sbornoy Respubliki Kazaxstan na MMO-57.
“Olimpiada nafaqat sovrin, balki yangi tanishuvlar va tajriba hamdir. Olimpiada tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Bu yerda olingan bilimlarni boshqa sohalarda ham qo‘llash mumkin, chunki nafaqat bir yo‘nalishda rivojlanish mumkin”, dedi Bekbolat Mamirbekov.
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti dotsenti, Rossiyaning XMO-57 jamoasi rahbari Yelena Yeremina maktab o‘quvchilari uchun kimyo bo‘yicha respublika olimpiadalari g‘oliblariga murabbiylik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
© RIA NovostiYelena Yeremina - dotsent MGU imeni M.V.Lomonosova, rukovoditel sbornoy Rossii na MMO-57.
Yelena Yeremina - dotsent MGU imeni M.V.Lomonosova, rukovoditel sbornoy Rossii na MMO-57. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Yelena Yeremina - dotsent MGU imeni M.V.Lomonosova, rukovoditel sbornoy Rossii na MMO-57.
"Yoshlar olimpiada bosqichini yakunlashlari bilanoq, biz darhol ular bilan ishlashni boshlaymiz, ularning kimoviy va psixologik xatolarini aniqlaymiz. Kimoviy xatolar bilan kurashish judaoson, biz faqat bu borada o‘qish kerak bo‘lgan manbani aytamiz. Psixologik xatolar vaqtni to‘g‘ri boshqara olmaslik va ma’lumotni to‘g‘ri qabul qila olmaslik. Biz bu holat bilan ham ishlaymiz va yoshlarga navbatdagi Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytamiz", dedi u.
XMO-57 Ozarbayjon jamoasi rahbari, XMO-46 ishtirokchisi Milana Agayeva 2012-yilgi Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etish tajribasi unga bugungi kunda yangi avlod olimpiadachilarining murabbiyi bo‘lishga qanday yordam bergani haqida gapirib berdi.
© RIA Novosti Milana Agayeva - rukovoditel sbornoy Azerbaydjana na MMO-57, uchastnitsa MMO-46.
 Milana Agayeva - rukovoditel sbornoy Azerbaydjana na MMO-57, uchastnitsa MMO-46. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Milana Agayeva - rukovoditel sbornoy Azerbaydjana na MMO-57, uchastnitsa MMO-46.
"Maktabdan so‘ng men boshqa iqtidorli bolalarni olimpiadaga tayyorlashda yordam bermoqchiman, degan qarorga keldim. 2012-yildan boshlab ishtirokchilarni tanlash va tayyorlash qoidalari juda o‘zgardi. Bu yilgi vazifalar 2012-yilga qaraganda ancha qiyin bo‘ldi, ammo jamoamiz ishtirokchilariga juda yoqdi va ular amaliy turniintiqlik bilan kutishmoqda. Menga ushbu tadbirning bir qismi bo‘lish va bolalarga muvaffaqiyatga erishishda yordam juda yoqadi ", deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0