Chang bo‘roni vaqtida qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerak?

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo hududida chang bo‘ronlari yiliga bir necha marta sodir bo‘lmoqda. Sputnik ana shunday tabiiy hodisa vaqtida inson sog‘lig‘ini asrash uchun mutaxassislar tavsiyalarini jamladi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo hududida chang bo‘ronlari odatiy holga aylanmoqda.
Shamol kuchayishi ta’sirida tuproqning juda quruq ustki qatlami yuqoriga ko‘tariladi va respublikaning markaziy hamda janubiy viloyatlarida ko‘rinuvchanlik 100-200 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston FVV chang bo‘roni vaqtida quyidagi ehtiyot choralari ko‘rishni tavsiya etadi:

uy va xonalarni muntazam ravishda ho‘l latta bilan tozalash, uy yoki bino ichiga suv solingan idishlar qo‘yish (chang darajasini pasaytiradi), xonalarga nam sochiqlarni osib qo‘yish, derazalarni yopiq holda saqlash, ko‘proq suv ichish, tez-tez dush qabul qilish nafas olishni yengillashtiradi va changni bosadi;
uy yoki xonadan tashqariga chiqqanda, tibbiy niqob taqish havodagi mavjud zararli zarrachalardan himoyalaydi (zarur bo‘lmagan hollarda tashqariga chiqmaslik tavsiya etiladi);
tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda va tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal alomatlari sezilganda, tezda tibbiyot muassasalariga murojaat qilish lozim;
kuchli shamol ko‘tarilganda esa tashqariga chiqish, ayniqsa, daraxtlar, qurilmalar, konstruksiyalar ostida (yaqinida) yurish, tarnsport vositalarini ularga yaqin joyga qo‘yish xavfli hisoblanadi.
avtomobillarda harakatlanayotgan paytda shamol natijasida hosil bo‘lgan changli ob-havoda (ko‘rish imkoniyati cheklanganda) tezlikni oshirish yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaradi.
Har qanday ob-havo sharoitida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan berib borilayotgan tavsiyalarga amal qilishingiz o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi kafolatidir.
Yangiliklar lentasi
0