Tashqi ishlar vazirligida Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiTashqi ishlar vazirligida Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vazirligida Belarus elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasidagi O‘zbekiston-Belarus siyosiy muloqotining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 3 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov Belarusning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama va xalqaro institutlar doirasidagi O‘zbekiston-Belarus siyosiy muloqotining dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish va sanoatning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
Joriy yili o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash yuzasidan kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0