O‘zbekistonlik sportchilar xalqaro Olimpiya o‘yinlarida nechta medal qo‘lga kiritgan?

© REUTERS / /Peter Cziborra Serebraniy prizer Olimpiadi v Rio Bektemir Melikuziyev
Serebraniy prizer Olimpiadi v Rio Bektemir Melikuziyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbek sportchilari jahonda eng nufuzli sanalgan va har 4-yilda bir marotaba o‘tkaziladigan xalqaro Olimpiya o‘yinlarida faol qatnashib keladi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zbek sportchilari xalqaro Olimpiadalarda 13 ta oltin, 7 ta kumush va 21 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Mazkur sportchilar va ularning yutuqlari bilan eksklyuziv tarzda Sputnik maqolasida tanishing.
Olimpiya o‘yinlari chempionlari:
Muhammadqodir Abdullayev, Sidney-2000, boks;
Artur Taymazov, Afina-2004, Pekin-2008, London-2012, erkin kurash;
Aleksandr Dokturishvili, Afina-2004, yunon-rum kurashi;
Hasanboy Do‘smatov, Rio-2016, boks;
Fazliddin G‘oibnazarov, Rio-2016, boks;
Shahobiddin Zoirov, Rio-2016, boks;
Ruslan Nurudinov, Rio-2016, og‘ir atletika;
Bahodir Jalolov, Tokio-2020, boks;
Akbar Jo‘rayev, Tokio-2020, og‘ir atletika;
Ulug‘bek Rashitov, Tokio-2020, taekvondo;
Lina Cherazova, Lillexammer-1994, fristayl.
Kumush medal sohiblari:
Armen Bagdasarov, Atlanta-1996, dzudo;
Artur Taymazov, Sidney-2000, erkin kurash;
Magomed Ibragimov, Afina-2004, erkin kurash;
Abdullo Tangriyev, Pekin-2008, dzudo;
Shahram G‘iyosov, Rio-2016, boks;
Bektemir Meliqo‘ziyev, Rio-2016, boks;
Soslan Tigiyev, Pekin-2008, erkin kurash.
Bronza medali sohiblari:
Karim To‘laganov, Atlanta-1996, boks;
Rustam Saidov, Sidney-2000, boks;
Sergey Mixaylov, Sidney-2000, boks;
Bahodirjon Sultonov, Afina-2004, boks;
O‘tkirbek Haydarov, Afina-2004, boks;
Anton Fokin, Pekin-2008, sport gimnastikasi;
Yekaterina Xilko, Pekin-2008, trampolinda sakrash;
Rishod Sobirov, Pekin-2008, London-2012, Rio-2016, dzudo;
Abbas Atoyev, London-2012, boks;
Ivan Yefremov, London-2012, og‘ir atletika;
Diyorbek O‘rozboyev, Rio-2016, dzudo;
Rustam To‘laganov, Rio-2016, boks;
Murodjon Ahmadaliyev, Rio-2016, boks;
Elmurat Tasmuradov, Rio-2016, yunon-rum kurashi;
Ixtiyor Navro‘zov, Rio-2016, erkin kurash;
Magomed Ibragimov, Rio-2016, erkin kurash;
Davlat Bobonov, Tokio-2020, dzudo;
Bekzod Abdurahmonov, Tokio-2020, erkin kurash;
Soslan Tigiyev, London-2012, erkin kurash.
Yangiliklar lentasi
0