O‘zgidromet 9 viloyat aholisini ogohlantirdi
© Foto: To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligiKosonsoyning To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga sel keldi
© Foto: To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Obuna bo‘lish
5-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. 5-6 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shu bilan birga 5-7 may kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.
5-7 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli quyidagi hududlarda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.