Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 4-mayning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota artilleriyskix raschetov v zone SVO
Rabota artilleriyskix raschetov v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus operatsiya maqsadlariga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Xarkov viloyatining Pershotravnevoe va Novomlinsk aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalariga zarba berdi. Xarkov viloyatining Stelmaxovka, LXRning Kislovka, Sinkovka, Timkovka va Ivanovka aholi punktlari hududida oltita ukrain qo‘poruvchi razvedka guruhining harakatlariga chek qo‘yildi.
Bu yo‘nalishda 30 nafargacha ukrain harbiy xizmatchisi, ikkita jangovar zirhli mashina, uchta avtomobil hamda “Gvozdik” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yakson qilindi.
Xarkov viloyatining Volchansk aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) 64-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Serebranka va Terni, LXRning Chervonaya Dibrova, Nevskoe aholi punktlari hududlarida dushman kuchlari va texnikasiga zarba berdi.
Bir sutka davomida dushmanning 70 nafargacha harbiy xizmatchisi, bitta tanki, ikkita jangovar piyodalar mashinasi, ikkita pikapi hamda “Msta-B” gaubitsasi yakson qilindi.
Donesk yo‘nalishida hujum otradlari Artyomovsk shahrining g‘arbiy qismida dushmanni yo‘q qilishda davom etmoqda va ikkita kvartalni egallab oldi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi Artyomovsk janubiy-g‘arbiy chekkasidagi, Krasnoe va Grigorovki aholi punktlari hududida UQKning 60, 93-mexanizatsiyalashgan hamda 54-motopiyoda brigadalari bo‘linmalariga zarba berdi.
O‘tgan sutkada bu yo‘nalishda 255 nafargacha ukrainalik harbiy, ikkita zirhli jangovar mashina, oltita avtomobil, ikkita D-20 gaubitsasi va “Gvozdika” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Belogorovka aholi punkti hududida UQKning 54-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yakson qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXR Ugledar, Vodanoe, Velikaya Novoselka, Zaporojye viloyatining Chervonoe, Kamenskoe, Novodanilovka va Malaya Tokmachka aholi punktlari hududlarida Ukraina armiyasining 30 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita jangovar zirhli mashinasi, uchta avtomobili, ikkita D-30 gaubitsasi va “Gvozdika” o‘ziyurar artilleriya qurilmasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida 35 nafargacha ukrain harbiysi, oltita avtomobil, “Gvozdika” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi hamda ikkita D-30 gaubitsasi va “Msta-B” yakson qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukraina Qurolli Kuchlarining 118 ta pozitsiyalarda joylashgan 103 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Zaporojye viloyatining Novoandreyevka, LXRning Belogorovka va Xerson viloyatining Nestriga oroli hududida UQKning 128-tog‘-hujumchi bo‘linmasi, 54-mexanizatsiyalashgan brigadasi va “Yug” maxsus kuchlar markazi qo‘mondon-kuzatuv punktlariga zarba berildi.
DXRning Slavansk shahri hududida Ukraina armiyasining 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yakson qilindi.
Kirovograd shahri hududida Ukraina qo‘shinlari guruhining yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan sutkada to‘qqizta HIMARS, “Uragan” va “Smerch” snaradini tutib qoldi.
Bundan tashqari, Zaporojye viloyatining Novoprokofyevka, DXRning Lyubovka, Kamenka, Lebajye, Kirillovka, LXRning Lisichansk, Krivosheyevka va Chervonaya Dibrova aholi punktlarida Ukrainaning o‘n to‘rtta uchuvchisiz uchar qurilmasi yakson qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukrainaning jami 416 ta samolyoti, 230 ta vertoloti, 3949 ta uchuvchisiz uchish apparati, 421 ta zenit-raketa majmuasi, 8967 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1095 ta zal bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari jangovar mashinasi, 4728 ta dala artilleriya quroli va minomoti hamda 9949 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0