https://oz.sputniknews.uz/20230504/markaziy-bank-asosiy-stavka-14-foiz-34609208.html
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 15-iyunga belgilangan. 04.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-04T12:08+0500
2023-05-04T12:08+0500
2023-05-04T16:05+0500
iqtisod
o‘zbekiston
markaziy bank
asosiy stavka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_90a912939b316135f68a5da810910988.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi.Markaziy bank tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirish iqtisodiyotda narxlar o‘sishining yanada sekinlashishiga yordam beruvchi pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, mart oyidagi asosiy stavka pasaytirilishining yalpi talab va taklifning muvozanatlashuviga ijobiy ta’sirlarini davom ettirishga yo‘naltirilgan.Qayd etilishicha, yillik inflyatsiya (tovarlar va xizmatlar narxining oshishi) darajasi mart va aprel oylarida ham pasayishda davom etdi hamda mos ravishda 11,7 va 11,0 foizga teng bo‘ldi.Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayish tendensiyasiga qaytdi. Natijada mos ravishda 14,4 va 14,1 foiz darajasida shakllandi.Bunda, aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha javoblar medianasi – 11,5 foizgacha va tadbirkorlik subyektlariniki – 11,4 foizgacha pasaydi.Shuningdek, o‘tgan yildagi yuqori darajadagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari, bu yil davlat budjeti xarajatlarining oshishi, shu jumladan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iste’mol talabi o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida, kelgusi choraklarda iqtisodiy faollikning yuqori bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.Tijorat banklariTijorat banklari depozit bazasining o‘sish sur’atlarida jadallashish kuzatilmoqda. Aprel oyi yakunlari bo‘yicha milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.Iqtisodiyotni kreditlash sur’atlarining o‘sishi, asosan milliy valyutada ajratilgan kreditlar hisobiga, tezlashdi. Tijorat banklari tomonidan yanvar-aprel oylarida ajratilgan kreditlar hajmi 1,3 barobarga o‘sdi. Bunga aholiga berilgan avtokreditlar, mikroqarzlar va iste’mol kreditlarining yuqori sur’atlarda oshganligi asosiy omil bo‘ldi.Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2023-yil yakunlari bo‘yicha real YaIM o‘sishi dastlabki prognozlardan ko‘ra yuqoriroq bo‘lishi bo‘yicha ehtimollar ortmoqda.Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasining prognoz diapazoni 8,5-9,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 15-iyunga belgilangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_474bebe62a5eecef36e4e7fe8f1fa693.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, markaziy bank, asosiy stavka
iqtisod, o‘zbekiston, markaziy bank, asosiy stavka
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi
12:08 04.05.2023 (yangilandi: 16:05 04.05.2023) Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 15-iyunga belgilangan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi.
Markaziy bank tomonidan qabul qilingan
qarorga ko‘ra, asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirish iqtisodiyotda narxlar o‘sishining yanada sekinlashishiga yordam beruvchi pul-kredit sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, mart oyidagi asosiy stavka pasaytirilishining yalpi talab va taklifning muvozanatlashuviga ijobiy ta’sirlarini davom ettirishga yo‘naltirilgan.
Qayd etilishicha, yillik inflyatsiya (tovarlar va xizmatlar narxining oshishi) darajasi mart va aprel oylarida ham pasayishda davom etdi hamda mos ravishda 11,7 va 11,0 foizga teng bo‘ldi.
Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayish tendensiyasiga qaytdi. Natijada mos ravishda 14,4 va 14,1 foiz darajasida shakllandi.
Bunda, aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha javoblar medianasi – 11,5 foizgacha va tadbirkorlik subyektlariniki – 11,4 foizgacha pasaydi.
Shuningdek, o‘tgan yildagi yuqori darajadagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari, bu yil davlat budjeti xarajatlarining oshishi, shu jumladan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iste’mol talabi o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lmoqda.
Bu, o‘z navbatida, kelgusi choraklarda iqtisodiy faollikning yuqori bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
"Pul bozorida nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari saqlanib qolinmoqda. Yanvar-aprel oylarida UZONIA indeksi to‘liq foiz koridori doirasida, asosiy stavka pasaytirilishidan so‘ng esa 13 foiz atrofida shakllandi", - deyiladi xabarda.
Tijorat banklari depozit bazasining o‘sish sur’atlarida jadallashish kuzatilmoqda. Aprel oyi yakunlari bo‘yicha milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.
Iqtisodiyotni kreditlash sur’atlarining o‘sishi, asosan milliy valyutada ajratilgan kreditlar hisobiga, tezlashdi.
Tijorat banklari tomonidan yanvar-aprel oylarida ajratilgan kreditlar hajmi 1,3 barobarga o‘sdi. Bunga aholiga berilgan avtokreditlar, mikroqarzlar va iste’mol kreditlarining yuqori sur’atlarda oshganligi asosiy omil bo‘ldi.
Ushbu tendensiyalar iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining pasayishida aks etdi. Depozitlar bo‘yicha dollarlashuv darajasi – 30,6 foizgacha, kreditlar bo‘yicha esa – 44,3 foizgacha pasaydi.
Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2023-yil yakunlari bo‘yicha real YaIM o‘sishi dastlabki prognozlardan ko‘ra yuqoriroq bo‘lishi bo‘yicha ehtimollar ortmoqda.
Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasining prognoz diapazoni 8,5-9,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023-yil 15-iyunga belgilangan.