Haqiqiy aviachiptani soxtasidan qanday ajratish mumkin — Silk Avia yo‘lovchilarni ogohlantirdi

© SputnikPassajir derjit posadochniy talon. Illyustrativnoe foto
Passajir derjit posadochniy talon. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchining Toshkent-Termiz reysi uchun xarid qilgan aviachiptasi soxta bo‘lib chiqdi. "Silk Avia" kompaniyasi yo‘lovchilarni aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. "Silk Avia" kompaniyasi yo‘lovchilarni aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlikdan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, Toshkentda soxta aviachiptalarni sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati sodir bo‘lgan.
Unga ko‘ra, mahalliy aviaqatnovlar terminalining ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasiga yo‘lovchi kelib, hodimga Toshkent-Termiz reysi uchun aviachipta bo‘lgan hujjatni taqdim etgan. Biroq, hujjat faqatgina bu reys uchun bronning bosma nusxasi bo‘lib chiqdi.
© Uzbekistan airportsAviakompaniya Silk Avia preduprejdayet passajirov o moshennichestve s aviabiletami
Aviakompaniya Silk Avia preduprejdayet passajirov o moshennichestve s aviabiletami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Aviakompaniya Silk Avia preduprejdayet passajirov o moshennichestve s aviabiletami
Yo‘lovchining ta’kidlashicha, bunday "chipta" unga shahar kassalaridan birida sotilgan.

"Aviakassaga qo‘ng‘iroqdan so‘ng ushbu yo‘lovchiga pul qaytarilgan, shundan so‘ng yo‘lovchi aeroport kassasidan chipta sotib olib, Termizga uchib ketgan", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasining reyslariga chiptalarni faqat aeroport kassalarida yoki kompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Onlayn chiptalarni sotib olayotganda, shaxsiy va aloqa ma’lumotlarni to‘g‘ri va aniq ekanligiga ishonch hosil qilish tavsiya etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0