https://oz.sputniknews.uz/20230503/tadbirkor-bank-mablag-olib-qoyish-ozodlik-mahrum-etilish-34581360.html
Tadbirkorning bankdagi mablag‘ini noqonuniy olib qo‘yganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Tadbirkorning bankdagi mablag‘ini noqonuniy olib qo‘yganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
2023-05-03T14:55+0500
2023-05-03T14:55+0500
2023-05-03T14:57+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
bank
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20397583_0:185:2983:1863_1920x0_80_0_0_7e3217f4de775ebc9d5c1c0b8046ed1e.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Tadbirkorning bankdagi pul mablag‘ini qonunga xilof ravishda olib qo‘yganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Senatning qirqinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.Senatorlar tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunni ko‘rib chiqishdi.Mazkur qonun bilan tadbirkorlarning bankdagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz o‘tkazganlik, olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha moddaBank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini tadbirkorlarning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pulni o‘z vaqtida qaytarmaslik holati bo‘yicha aybdorga bazoviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solinishi qayd etilmoqda.Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimcha moddaTadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik holatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, jinoyatning toifasiga qarab bazoviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20397583_126:0:2857:2048_1920x0_80_0_0_5d7faa86b34d9a24e56151d8a3af3e01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston senat bank tadbirkorlar
o‘zbekiston senat bank tadbirkorlar
Tadbirkorning bankdagi mablag‘ini noqonuniy olib qo‘yganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
14:55 03.05.2023 (yangilandi: 14:57 03.05.2023) Tadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Tadbirkorning bankdagi pul mablag‘ini qonunga xilof ravishda olib qo‘yganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda Senatning qirqinchi
yalpi majlisida ma’lum qilindi.
Senatorlar tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunni ko‘rib chiqishdi.
Mazkur qonun bilan tadbirkorlarning bankdagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz o‘tkazganlik, olib qo‘yganlik yoxud ortiqcha undirilgan mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilanmoqda.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha modda
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini tadbirkorlarning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pulni o‘z vaqtida qaytarmaslik holati bo‘yicha aybdorga bazoviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solinishi qayd etilmoqda.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimcha modda
Tadbirkorlarning pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik holatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ham sodir etiladigan bo‘lsa, jinoyatning toifasiga qarab bazoviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.