Mirziyoyev Shols bilan uchrashdi: qanday kelishuvlarga erishildi
Mirziyoyev Shols bilan uchrashdi: qanday kelishuvlarga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyaga tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston va Germaniya "Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini ishga tushirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum qilindi.Kecha Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan Berlinga keldi.Tashrif doirasida o‘tgan qo‘shma biznes-forumi yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi."Yashil" energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari shular jumlasidan.Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, “Deutsche Bank” banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi."Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi.Mintaqada, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu mamlakat uchun gumanitar loyihalarni davom ettirish, shu jumladan Termizdagi logistika majmuasi va Afg‘on yoshlari uchun ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi qayd etildi.Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirishdi.Germaniya hukumati O‘zbekiston hududlarida nemis tilini o‘qitishni kengaytirishga texnik ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida kelishib olindi.Uchrashuv yakunida davlat rahbari Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.Ma’lumot uchun, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6-yilda jalb qilingan.
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi doirasida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston va Germaniya "Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini ishga tushirishga kelishib oldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum qilindi.
Kecha Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan Berlinga keldi.
Tashrif doirasida o‘tgan qo‘shma biznes-forumi yakunida umumiy qiymati 9 milliard dollarlik savdo, investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
"Yashil" energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika tarmoqlarida, transport infratizulmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari shular jumlasidan.
Germaniya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “KfW”, “Deutsche Bank” banklari va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan keng ko‘lamli sheriklikni rivojlantirishga kelishib olindi.
“Tomonlar tashrif chog‘ida Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida Hukumatlararo deklaratsiya imzolanishini olqishladilar”, deyilgan xabarda.
"Germaniya - Markaziy Osiyo" formatida muloqot maydonini ishga tushirishga ahdlashib olindi.
Mintaqada, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni inobatga olgan holda xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu mamlakat uchun gumanitar loyihalarni davom ettirish, shu jumladan Termizdagi logistika majmuasi va Afg‘on yoshlari uchun ta’lim markazi imkoniyatlaridan foydalanish zarurligi qayd etildi.
Tomonlar Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan samarali yo‘nalishni shakllantirishga xizmat qiluvchi Transkaspiy yo‘lagini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha yakdil fikr bildirishdi.
Germaniya hukumati O‘zbekiston hududlarida nemis tilini o‘qitishni kengaytirishga texnik ko‘mak ko‘rsatishi to‘g‘risida kelishib olindi.
Umuman, tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Uchrashuv yakunida davlat rahbari Germaniya federal kansleri Olaf Sholsni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Ma’lumot uchun, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi, shundan 4 milliard dollar oxirgi 6-yilda jalb qilingan.