O‘zbekistonlik yoshlar Rossiyaning “KamAZ” kompaniyasiga ishga yuboriladi — tafsilotlar

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy Respubliki Uzbekistan Vstrecha s predstavitelyami PAO "KAMAZ"
Vstrecha s predstavitelyami PAO KAMAZ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yoshlar bo‘yoqchi, chilangar, payvandchi, haydovchi va haydovchi-elektrik kabi kasblarga o‘qitilib, “KamAZ” kompaniyasiga ishga joylashtiriladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiyaning “KamAZ” kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda vazirlikda kompaniya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “KamAZ” kompaniyasi Inson resurslarini rivojlantirish departamenti direktori Leniza Xikmatullina bilan uchrashdi.
Uchrashuvda kompaniyada bo‘yoqchi, chilangar, payvandchi, haydovchi va haydovchi-elektrik kabi kasb egalariga bo‘lgan talab kattaligi ta’kidlandi.

“Rossiyalik vakillar ushbu yo‘nalishlarda o‘zbekistonlik yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun vazirlik bilan hamkorlikda ish olib borishni ma’lum qilishdi. Biz buni mamnuniyat ila qabul qildik”, - dedi vazirlik matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova Sputnik muxbiriga.

Ibrohim Abdurahmonov o‘zbekistonlik yoshlarni talab etilayotgan kasblarga o‘rgatish, ularning til malakasini oshirish hamda “KamAZ” kompaniyasi ishlab chiqarish komlekslarida kafolatlangan ish bilan ta’minlash borasida bir qator takliflarni ilgari surdi.

“Ikki tomonlama muhokamada kompaniya tomonidan O‘zbekistondagi mutaxassislikka mos kollej va texnikumlar tanlab olinib, ularda “KamAZ” brendi ostida to‘liq ta’lim hamda kasbiy tayyorlash dasturlarini yo‘lga qo‘yish takliflari ilgari surildi. Shuningdek, O‘zbekistondagi professional ta’lim muassasalari bazasida maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish, uni muvaffaqiyatli yakunlab, saralangan bitiruvchilarni ishga joylashtirish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi”, - deya qo‘shimcha qildi Abduqunduzova.

Ma’lumot uchun, hozirda “KamAZ” kompaniyasining Tatariston Respublikasidagi ishlab chiqarish komplekslarida yiliga 900 nafar nomzodlarni kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan, ishlab chiqarishda 1800 nafar o‘zbekistonlik mehnat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0