https://oz.sputniknews.uz/20230503/ozbekiston-referendum-siyosiy-taraqqiyot-zaxarova-34566384.html
O‘zbekiston referendumini siyosiy taraqqiyotdagi muhim bosqich sifatida olqishlaymiz — Zaxarova
O‘zbekiston referendumini siyosiy taraqqiyotdagi muhim bosqich sifatida olqishlaymiz — Zaxarova
Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova: referendum natijalari o‘zbek xalqining rahbariyat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
2023-05-03T08:59+0500
2023-05-03T08:59+0500
2023-05-03T09:26+0500
dunyoda
rossiya
o‘zbekiston
referendum
mariya zaxarova
referendum — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24006264_0:147:2833:1741_1920x0_80_0_0_95828ec1f0d025e242f74aa092071044.jpg
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendum natijalari o‘zbek xalqining respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.Putin Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.O‘zbekiston 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.Mariya Zaxarova qayd etishicha, MDH, ShHT, MDH Parlamentlararo assambleyasi, YXHT DIIHB va boshqa birlashmalarning monitoring missiyalari a’zolari sifatida faol ishlagan rossiyalik kuzatuvchilarning fikricha, ovoz berish ochiq va tinch muhitda o‘tdi.Respublika hokimiyati tomonidan plebissitni xalqaro normalar va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga to‘la mos holda o‘tkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum natijalari O‘zbekiston jamiyati tomonidan O‘zbekiston prezidentining siyosiy yo‘nalishi yuksak darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi va o‘zbek xalqining respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 % qo‘llab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 9,35 % qarshi ovoz berdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24006264_158:0:2675:1888_1920x0_80_0_0_74dc831590229a0799851dbab091df3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekiston referendum mariya zaxarova
rossiya o‘zbekiston referendum mariya zaxarova
O‘zbekiston referendumini siyosiy taraqqiyotdagi muhim bosqich sifatida olqishlaymiz — Zaxarova
08:59 03.05.2023 (yangilandi: 09:26 03.05.2023) Zaxarova: referendum natijalari o‘zbek xalqining rahbariyat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan referendum natijalari o‘zbek xalqining respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili
Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
O‘zbekiston 30-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.
Mariya Zaxarova qayd etishicha, MDH, ShHT, MDH Parlamentlararo assambleyasi, YXHT DIIHB va boshqa birlashmalarning monitoring missiyalari a’zolari sifatida faol ishlagan rossiyalik kuzatuvchilarning fikricha, ovoz berish ochiq va tinch muhitda o‘tdi.
Respublika hokimiyati tomonidan plebissitni xalqaro normalar va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga to‘la mos holda o‘tkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum natijalari O‘zbekiston jamiyati tomonidan O‘zbekiston prezidentining siyosiy yo‘nalishi yuksak darajada qo‘llab-quvvatlanayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi va o‘zbek xalqining respublika rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
“Biz do‘st O‘zbekistonda konstitutsiyaviy referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishini mamlakat siyosiy taraqqiyotidagi muhim bosqich sifatida olqishlaymiz. Biz Rossiya-O‘zbekiston ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasidagi prinsipial niyatimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, deyilgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 % qo‘llab-quvvatladi. Ovoz beruvchilarning 9,35 % qarshi
ovoz berdi.