O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonda o‘tayotgan Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etmoqda

© press-slujba ministerstva doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya UzbekistanaUchashiyesya iz Uzbekistana prinimayut uchastie v 57-y Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiade v Astane
Uchashiyesya iz Uzbekistana prinimayut uchastie v 57-y Mejdunarodnoy Mendeleyevskoy olimpiade v Astane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
Bugun o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o‘quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo‘limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etishmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Mendeleyev kimyo olimpiadasida 20 dan ziyod davlat vakillari qatnashadi.
Qozog‘istonning Ostona shaxrida 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 21 davlatidan saralangan 113 nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashmoqda. Olimpiada 3 ta bosqichdan iborat bo‘lib, unda maksimal ball 230 ballni tashkil etadi.
Olimpiadaning birinchi - nazariy bosqichida ishtirokchilarga 8 ta masala taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilar hamda jamoa rahbarlari Ostona shahridagi Ekspomarkazga sayohat qilishdi.
Bugun o‘quvchilar olimpiadaning ikkinchi nazariy bosqichida ishtirok etishadi. Unda o‘quvchilarga kimyo fanining 5 ta bo‘limiga oid 15 ta masala taqdim etiladi.
Mendeleyev olimpiadasi ishtirokchilari an’anaviy ravishda tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alariga, sovrindorlar va g‘oliblar esa bronza, kumush va oltin medallarga ega bo‘lishadi. Oltin medaldan tashqari mutlaq g‘olibga Andrey Melnichenko fondi ta’sis etgan akademik V.V. Lunin nomidagi mukofot topshiriladi. 2022-yilda uning miqdori 2 million rublni tashkil etgan.
Mazkur olimpiada O‘zbekistonda 3 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, hozirga qadar O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan jami 85 ta medal qo‘lga kiritilgan (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 ta bronza).
Yangiliklar lentasi
0