Mirziyoyev Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta’kidladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrifi doirasida 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi va o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.
Bunday formatdagi muloqot ilk bor 2019-yil yanvarida, Mirziyoyevning GFRga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan edi. Natijada O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator yuqori texnologik loyihalar ishga tushirildi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik sezilarli ravishda faollashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
O‘zbekiston prezidenti Germaniya bilan munosabatlarda yuksak ishonch va o‘zaro hurmat qaror topganini alohida qayd etdi. Mirziyoyev ushbu tashrif davomida erishilgan muhim kelishuvlar va istiqbolga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishda asosiy rolni aynan ishbilarmon doiralar o‘ynashi mumkin va lozimligini qayd etdi.
Kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha 9 milliard yevrolik yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
“Yashil” energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metallurgiya, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kimyo, tog‘-kon, avtomobil, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi katta loyihalar shular jumlasidan.
Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta’kidladi. Endilikda investorlarning huquqlari ta’minlanishi va ularning sudda himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanishi alohida qayd etildi.
“Xorijiy investor O‘zbekiston deganda, birinchi navbatda, barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim. Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda o‘zini erkin va dadil his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz. Germaniyaning ilg‘or ishlanmalari va innovatsion texnologiyalarni O‘zbekistonning resurslari va inson salohiyati bilan birlashtirsak, katta natijalarga erisha olamiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Fikr almashish chog‘ida GFR ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyatini yuksak baholadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s glavami vedushix kompaniy i finansovix institutov Germanii.
Uchrashuvda Germaniya kompaniyalari rahbarlari aniq takliflarini aytdi. Ustuvor sohalarda yuqori texnologik va innovatsion yechimlarni joriy qilgan holda amaliy hamkorlikni davom ettirish va kooperatsiyani kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Mirziyoyev Germaniya biznesi vakillariga dolzarb tashabbuslari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Muloqot mazmunli bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga loyihalarni birgalikda ishlab chiqish, umuman, tashrif doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashga topshiriq berdi.
Yangiliklar lentasi
0