Kiyev dronlar bilan Kremlga zarba berishga urindi

© Sputnik / Aleksey MayshevGosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml.
Gosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
Bugun tunda Rossiya prezidentining Kreml qarorgohiga dronlar bilan zarba berishga urinish bo‘ldi – Kreml
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Kiyev chorshanbaga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorgohi – Kremlga dronlar bilan zarba berishga urindi. Bu haqda Rossiya prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi.
“Ikkita dron Kremlni nishonga oldi. Harbiylar va maxsus xizmatlarning o‘z vaqtida ko‘rgan harakatlari natijasida qurilmalar ishdan chiqdi”, — deyiladi xabarda.
Terrorchilik harakati oqibatida Putin jabrlanmagan. Uning ish jadvali o‘zgarmagan va odatdagidek davom etadi.
Kreml hududiga dronlar parchalari tushishi va sochilishi paytida ham qurbonlar bo‘lmagan.
Moskva Kiyev xatti-harakatini rejalashtirilgan terrorchilik aksiyasi va 9-may G‘alaba kuni va paradi arafasida prezidentga uyushtirilgan suiqasd deb baholadi. Rossiya tomoni bu hujum uchun javob qaytarishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0