Isroil va Falastin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi — OAV

© AP Photo / Fatima ShbairPosledstviya izrailskogo aviaudara na severe sektora Gaza pozdno vecherom vo vtornik, 2-maya 2023 goda.
Posledstviya izrailskogo aviaudara na severe sektora Gaza pozdno vecherom vo vtornik, 2-maya 2023 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
Reuters: Misr, Qatar va BMT vositachiligida isroilliklar va falastinliklar tinchlikka erishishdi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Misr, Qatar va BMT vositachiligida Isroil va Falastin qurolli guruhlari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novosti Reuters agentligiga tayanib xabar berdi.
G‘azodagi Isroil va Falastin qurolli guruhlari chorshanba kuni ertalab o‘t ochishni to‘xtatish kelishib oldi.
Qayd etilishicha, bunga “Misr, Qatar va BMT rasmiylarining sa’y-harakatlari bilan erishilgan”.
Seshanba kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridan mamlakat janubiga bir necha o‘nlab raketalar otilgani haqida xabar berdi. Tez yordam xizmatining xabar berishicha, kamida uch kishi jarohatlandi.
Isroil qamoqxonasida 87 kun davom etgan ochlik e’lon qilgan Falastinning "Al-Jihod" qarshilik harakati qo‘mondonlaridan biri - Xader Adnan o‘limidan so‘ng Falastin harbiylashtirilgan harakati tarafdorlari Isroil aholi punktlarini o‘qqa tutdi.
Keyin Isroil armiyasi G‘azo sektoridan raketa uchirilishiga javoban Falastinning XAMAS guruhining harbiy infratuzilmasiga zarbalar bergani haqida xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0