Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Erdog‘an Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi s prezidentom RF Vladimirom Putinim 19-iyulya 2022
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan vo vremya vstrechi s prezidentom RF Vladimirom Putinim 19-iyulya 2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Turkiya prezidenti Mirziyoyevni umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda Turkiya yetakchisi davlat rahbarini Konstitutsiya islohoti bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi.
Uchrashuvda strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turkiya yetakchisi davlat rahbarini Konstitutsiya islohoti bo‘yicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Suhbatda mamlakatda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi o‘rtasida bo‘lajak prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.
Yangiliklar lentasi
0