Blinken Ukraina qachon qarshi hujum boshlashini ma’lum qildi

© AFP / Bryan BedderGossekretar SShA Entoni Blinken
Gossekretar SShA Entoni Blinken - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Blinken yaqin haftalarda Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanishini e’lon qildi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Ukraina armiyasi yaqin haftalarda qarshi hujumga o‘tadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Fox News telekanaliga bergan intervusida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Biz bilamizki, ukrainaliklar yaqin haftalarda qarshi hujumni o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda. Ko‘ramiz, unda nima yuz beradi", - dedi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Ukrainadagi mojaro 2023-yilda tugamasligini taxmin qilgandi. Uning fikricha, tomonlarning siyosiy maqsadlariga erishish qiyin vazifa bo‘ladi.
Zapadnaya chast Artyomovska. Stop-kadr s video. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Ukrainaning uch yo‘nalishdagi “qarshi hujum” rejalari Artyomovskda barbod bo‘lmoqda
Yangiliklar lentasi
0