Toshkentda konkur bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik chavandozlar g‘alaba qozondi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiToshkentda konkur bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik chavandozlar g‘alaba qozondi
Toshkentda konkur bo‘yicha musobaqada o‘zbekistonlik chavandozlar g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Bahslarda ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston, uchinchi o‘rin esa Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkentda konkur bo‘yicha ikki bosqichdan iborat Jahon kubogining Yevrosiyo ligasi saralash bahslari va “Maxima Masters EURASIA CUP” musobaqalari yakunlandi. Musobaqa o‘zbekistonlik chavandozlarning g‘alabasi bilan nihoyasiga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yevrosiyo ligasining Millatlar kubogi dasturida 11 mamlakat vakillari jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Murosasiz bahslarga boy chiqishlarda O‘zbekiston vakillariga teng keladigani topilmadi.
Bellashuvlarda bir vaqtning o‘zida terma jamoa bosh murabbiyi hisoblanuvchi Bekzod Qurbonov (“Matts VG” laqabli otda), shuningdek, Xurshidbek Alimjonov (“Chempions Liga”), A’zam Tolibboyev (“Bozart De Ruet”) va Nurjan Tuyakbayev (“Kvintus HB”) O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Bahslarda ikkinchi o‘rin Qirg‘iziston, uchinchi o‘rin esa Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.
150 smli to‘siqlardan iborat “Maxima Masters EURASIA CUP” dasturida ham eng ko‘p ochko jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi yana bir chempionlikni tantana qildi. O‘zbekiston vakillari g‘alaba uchun kechgan shiddatli bellashuvlarda Rossiya termasini ortda qoldirdi.
Millatlar kubogi yo‘nalishi Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tadigan Jahon kubogining final bosqichiga yo‘llanma beradi. Kelgusi 2 bosqichdagi g‘alaba O‘zbekiston vakillariga navbatdagi final eshiklarini ochadi.
Yangiliklar lentasi
0