Rossiya Sudandan 200 kishi, jumladan, MHD fuqarolarini evakuatsiya qildi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya o‘z fuqarolari va ularni vatanga qaytarishda ko‘mak so‘rab murojaat qilgan MDH va qator do‘st xorijiy mamlakat fuqarolarini Sudandan olib keldi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Sudandan 200 nafardan ziyod Rossiya, MDH va do‘st mamlakatlar fuqarolari Moskvaga olib kelindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Sudan Respublikasidan evakuatsiya qilingan 200 nafardan ziyod kishi Moskvaga yetib keldi. <…> Fuqarolarni evakuatsiya qilishda Rossiya Havo-kosmik kuchlarining harbiy-transport aviatsiyasining havo kemalari jalb qilingan edi”, - deyiladi xabarda.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaroriga binoan Sudandan Rossiya elchixonasi, Rossiya Mudofaa vazirligi vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari, Rossiya fuqarolari hamda ularni vatanga qaytarishda ko‘mak so‘rab murojaat qilgan MDH va qator do‘st xorijiy mamlakat fuqarolari evakuatsiya qilingan.
Sudanda 15-apreldan Muhammad Hamdan Daglo qo‘mondonligi ostidagi tezkor guruh va respublika armiyasi kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 600 kishiga yetgan. JSSTning mamlakatdagi vakili 459 kishi halok bo‘lgani va 4072 kishi yarador bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0