Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Putin Mirziyoyevni referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarni yanada mustahkamlashiga xizmat qilishiga umid bildirgan.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Konstitutsiya bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani munosabati bilan samimiy tarbrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabrikda yozilishicha, umumxalq ovoz berish natijalari davlat institutlarini mustahkamlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbari tomonidan olib borilayotgan ishlar keng qo‘llab-quvvatlanayotganini to‘liq tasdiqladi.

“O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar davlatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni yanada mustahkamlashiga xizmat qilishidan kelib chiqamiz”, - deyiladi Rossiya prezidenti maktubida.

30 aprel kuni O‘zbekistonda mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda ovoz beruvchilarning 84,51 foizi qatnashgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasini ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
MSK qarori bilan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblandi va 1-maydan kuchga kirdi.
Yangiliklar lentasi
0