May oyi davomida ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik / Lev UstinovPchela na svetax. Chatkalskiy biosferniy zapovednik.
Pchela na svetax. Chatkalskiy biosferniy zapovednik. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zgidromet may oyida O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hududning katta qismida oyning birinchi yarmida o‘rtacha kunduzgi harorat +24...+27 darajani, ikkinchi yarmida esa +28...+31 darajani tashkil etadi. May oyida yoz faslidagi kabi harorat +35...+37 darajagacha bo‘lgan issiq kunlar ham kuzatiladi.
Meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyining mutlaq maksimumi +39-41 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +43...+45 darajani tashkil etadi.
Biroq, juda kamdan-kam hollarda, may oyida ham kunduzgi harorat +13...+18 darajagacha pasayadigan kunlar kuzatiladi.
Ushbu yilda may quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning ilk haftasi davomida havo harorati biroz pasayadi va kunduzi +23...+28 darajani tashkil etadi, o‘n kunlikning eng oxirida esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari +10...+13 darajadan +17...+20 darajagacha, kunduz kunlari +22...+25 darajadan +32...+35 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
1 maydan 10-maygacha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 4-may kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda, 6-7 may kunlari respublikaning qolgan hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. Umuman olganda, may oyida yog‘ingarchilik meyordan kam, ba’zi joylarda meyor atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0