Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 2-mayning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMorskie pexotinsi Severnogo flota sovershenstvuyut boyevie naviki v zone SVO
Morskie pexotinsi Severnogo flota sovershenstvuyut boyevie naviki v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus operatsiya maqsadlariga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi LXRning Novoselovskoe, Stelmaxovka, Xarkov viloyatining Novomlinsk, Timkovka va Kamenka aholi punktlari hududlarida dushman bo‘linmalariga zarba berdi. Xarkov viloyatining Sinkovka va Berestovoe aholi punktlari hududida ikkita ukrain qo‘poruvchi razvedka guruhi harakatlarining oldi olindi.
Bir sutka davomida bu yo‘nalishda 60 nafargacha ukrain harbiy xizmatchisi, ikkita jangovar zirhli mashina, uchta avtomobil, D-20 gaubitsa hamda “Gvozdika” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yakson qilindi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Kislovka aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) 14-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi DXRning Serebranka va Grigorovka va LXRning Chervonaya Dibrova, Nevskoe aholi punktlari hududlarida dushman kuchlari va texnikasiga zarba berdi.
Dushmanning 85 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita jangovar zirhli mashinasi, ikkita avtomobili hamda ikkita D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi. DXRning Grigorovka aholi punkti hududida UQKning 81-aeromobil brigadasining o‘q-dorilar ombori yakson qilindi.
Donesk yo‘nalishida hujum otradlari Artyomovsk shahrining g‘arbiy qismida jang olib bordi. "Janub" qo‘shinlar guruhi DXRning Chasov Yar, Bogdanovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berdi. O‘tgan sutkada bu yo‘nalishda 290 nafargacha ukrainalik harbiy va yollanma askar, bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashina, oltita avtomobil hamda D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi Doneskning Ugledar, Zaporojye viloyatining Temirovka, Gulyaypole va Orexov aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita jangovar zirhli mashinasi, to‘rtta avtomobili hamda D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida 30 nafargacha ukrain harbiysi va uchta avtomobili yakson qilindi. Bundan tashqari, Xerson viloyatining Antonovka aholi punkti hududida 124-hudud mudofaasi brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi Ukraina Qurolli Kuchlarining 124 ta pozitsiyalarda joylashgan 92 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi. Ukraina armiyasining uchta samolyoti yakson qilindi. DXRning Ulyanovka va Xerson viloyatining Mirolyubovka aholi punktlarida ikkita Ukraina MiG-29 qiruvchilari urib tushirildi. Bundan tashqari, Xerson viloyatining Veletenskoe aholi punkti hududida dushmanning Su-25 samolyoti urib tushirildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan sutkada sakkizta HIMARS snaradi va ikkita HARM radiolokatsiyaga qarshi raketasini tutib oldi. LXRning Jitlovka, Zaporojye viloyatining Malaya Belozorka, Xerson viloyatining Korsunka va Kaxovka aholi punktlari hududida oltida ukrain droni yakson qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukrainaning jami 416 ta samolyoti, 230 ta vertoloti, 3919 ta uchuvchisiz uchish apparati, 421 ta zenit-raketa majmuasi, 8938 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 1095 ta zal bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari jangovar mashinasi, 4709 ta dala artilleriya quroli va minomoti hamda 9911 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0