Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Konstitutsiya kunini nishonlash sanasi o‘zgaradimi — mutaxassis javobi

© PulatovKonstitutsiya Respubliki Uzbekistan.
Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi 1-may Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadimi?” degan mazmundagi turli chiqishlar bo‘lmoqda.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev ma’lum qilishicha, Konstitutsiya kunini nishonlash sanasi o‘zgarishsiz qoladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qanday o‘zgarmoqda?
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda “Endi 1-may Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadimi?” degan mazmundagi turli chiqishlar bo‘lmoqda.

“Yo‘q, bunday bo‘lmaydi! An’anaga ko‘ra, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami sifatida nishonlanadi”, - deb yozadi Tojiyev.

Eslatib o‘tamiz, 30-apreldagi referendumda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonuni 1-maydan kuchga kirdi. MSK qarori bilan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblangan. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Referendumda ovoz beruvchilarning 84,51 foizi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0