O‘zbekistonning “Jemchujina” raqs ansambli Dubaydagi festivalda Gran-prini qo‘lga kiritdi

© "Dunyo" AAO‘zbekistonning “Jemchujina” raqs ansambli Dubaydagi festivalda Gran-prini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonning “Jemchujina” raqs ansambli Dubaydagi festivalda Gran-prini qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Festivalda O‘zbekiston, BAA, Hindiston, Bolgariya, Qozog‘iston, Rossiya va Belarusdan kelgan bolalar raqs guruhlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonning “Jemchujina” bolalar raqs ansambli Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Dance-Fest Dubai” xalqaro raqs festivalida ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Ushbu festivalda O‘zbekiston, BAA, Hindiston, Bolgariya, Qozog‘iston, Rossiya va Belarusdan kelgan bolalar raqs guruhlari ishtirok etdi.
Festivalning ochilish marosimida xorijiy mamlakatlar diplomatiya vakolatxonalari xodimlari, BAAdagi o‘zbekistonliklar, OAV vakillari va blogerlar qatnashdi.
O‘zbekistonning “Jemchujina” bolalar raqs ansamblining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan festivalning bosh sovrini — Gran-priga munosib ko‘rildi.
Yangiliklar lentasi
0