Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishBoyevie nagradi i yubileynie medali veterana Velikoy Otechestvennoy voyni
Boyevie nagradi i yubileynie medali veterana Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshiriladi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida" prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 000 000 (o‘n sakkiz million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi belgilangan.
Tegishli mutasaddilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bu pul mukofotining tantanali hamda bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi.
Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0