https://oz.sputniknews.uz/20230502/guterresh-afgoniston-gumanitar-inqiroz-34559373.html
Guterresh Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni dunyodagi eng yirik deb atadi
Guterresh Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni dunyodagi eng yirik deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, 97 foiz afg‘onlar qashshoqlikda kun kechiradi, 6 million afg‘on bolalari, ayollari va erkaklari ochlik yoqasida.
2023-05-02T19:53+0500
2023-05-02T19:53+0500
2023-05-02T19:53+0500
dunyoda
afg‘oniston
antoniu guterrish
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34559696_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_df28b15b4c74c16cdde3cf71cfbd8d33.jpg
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterresh Afg‘onistondagi inqirozni dunyodagi inqirozlarning eng yirigi deb atadi.BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, 97 foiz afg‘onlar qashshoqlikda kun kechiradi.“Aholining uchdan ikki qismiga – 28 million kishiga – omon qolishlari uchun bu yil gumanitar yordam lozim bo‘ladi”, - dedi u.Guterreshning ta’kidlashicha, 6 million afg‘on bolalari, ayollari va erkaklari ochlik yoqasida.“Shu bilan birga moliyalashtirish kamaymoqda. 4,6 milliard dollar to‘plashishi kerak bo‘lgan bizning gumanitar rejamiz atigi 294 million dollar oldi – zarur bo‘lgan umumiy summaning 6,4 foizi”, - dedi tashkilot rahbari.Qatar poytaxtida Antoniu Guterresh qator davlatlar, xususan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Britaniya, Fransiya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir inson huquqlari, xususan, ayollar va qizlar huquqlari, inklyuziv boshqaruv, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash kabi masalalar bo‘yicha umumiy til topishishga qaratilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34559696_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_77672a43bf6d6e95bc5bcb8116c60fe0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bmt afg‘oniston gumanitar inqiroz
bmt afg‘oniston gumanitar inqiroz
Guterresh Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni dunyodagi eng yirik deb atadi
BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, 97 foiz afg‘onlar qashshoqlikda kun kechiradi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterresh Afg‘onistondagi inqirozni dunyodagi inqirozlarning eng yirigi deb atadi.
“Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligini bo‘rttirish mushkul. Bu bugun dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz”, - dedi Guterresh Dohada Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha tashkil etilgan brifingda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti
iqtibos keltirgan.BMT bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, 97 foiz afg‘onlar qashshoqlikda kun kechiradi.
“Aholining uchdan ikki qismiga – 28 million kishiga – omon qolishlari uchun bu yil gumanitar yordam lozim bo‘ladi”, - dedi u.
Guterreshning ta’kidlashicha, 6 million afg‘on bolalari, ayollari va erkaklari ochlik yoqasida.
“Shu bilan birga moliyalashtirish kamaymoqda. 4,6 milliard dollar to‘plashishi kerak bo‘lgan bizning gumanitar rejamiz atigi 294 million dollar oldi – zarur bo‘lgan umumiy summaning 6,4 foizi”, - dedi tashkilot rahbari.
Qatar poytaxtida Antoniu Guterresh qator davlatlar, xususan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Britaniya, Fransiya, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir inson huquqlari, xususan, ayollar va qizlar huquqlari, inklyuziv boshqaruv, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash kabi masalalar bo‘yicha umumiy til topishishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordamini jo‘natgani
xabar qilingan edi.