Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va harakat qilish tartibi belgilandi

© Elina BeknazarovaSpasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya "Kamchik".
Spasateli MChS pokazali rabotu nablyudatelnix punktov i pojarno-spasatelnogo upravleniya Kamchik. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Endi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi respublikada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning oqibatlarini baholash ishlarini olib boradi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Hukumatning 171-sonli qarori qabul qilindi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to‘g‘risidagi nizom qabul qilindi.
Unga ko‘ra, quyidagilar FVDT asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni hamda tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
Prognoz qilingan yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyatning ko‘lami va holatiga qarab tizim muayan hududda quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik rejim – muayan hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfi mavjud bo‘lganda;
favqulodda vaziyat rejimi – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda va favqulodda vaziyatlar davrida.
Tizim faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari ro‘y bergan holatning turiga qarab Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, shuningdek tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
Favqulodda vaziyat rejimida jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0