Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov AQShning Rossiya yo‘qotishlari haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov.Arxivnoe foto
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov.Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2023
Obuna bo‘lish
Faqat Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z vaqtida e’lon qilgan raqamlarga e’tibor qaratish kerak, dedi Peskov.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. AQSh Rossiya maxsus operatsiyada qancha odamni yo‘qotganini bila olmaydi, ular raqamlarni osmondan olishadi, Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga e’tibor qaratish kerak, deydi Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Vashingtonda qandaydir to‘g‘ri raqamlarni aytish imkoni yo‘q, ularda bunday ma’lumotlar yo‘q, bunga shunday munosabatda bo‘lish kerak. Faqat Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z vaqtida e’lon qilgan raqamlarga e’tibor qaratish kerak”, — dedi Peskov jurnalistlarga.
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalari Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbiga tayanib, maxsus operatsiya paytida go‘yoki 100 mingdan ortiq rossiyalik askar halok bo‘lgani yoki og‘ir yaralangani haqida yozgan edi.
2022 yil 24-fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0