Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1-maydan kuchga kirdi

© SputnikKonstitutsiya respubliki Uzbekistan
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
MSK Konstitutsiyaning yangi tahriri 1-maydan kuchga kirganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. 30 apreldagi referendumda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi konstitutsiyaviy qonuni 1-maydan kuchga kirdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) xabar berdi.
MSK qarori bilan O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berishi orqali qabul qilingan deb hisoblangan.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi", - deyilgan xabarda.
Referendum yakunlari rasmiy e’lon qilingan kuni qaror ijrosini tashkil etish uchun Oliy Majlis palatalari va prezidentga yuboriladi.
1 may kuni MSK O‘zbekistonda o‘tgan referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Referendumda ovoz beruvchilarning 84,51 foizi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0