https://oz.sputniknews.uz/20230501/toshkent-ryazan-iqtisodiy-aloqalar-34522659.html
Toshkent va Razan o‘rtasida iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi
Toshkent va Razan o‘rtasida iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Razan viloyatining iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeyev Toshkentga keldi. 01.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-01T20:11+0500
2023-05-01T20:11+0500
2023-05-01T20:11+0500
o‘zbekiston - rossiya
iqtisod
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34521875_0:131:1000:694_1920x0_80_0_0_25cbdf8b355668f3444574aa3652d7b7.jpg.webp
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonovning Rossiya Federatsiyasi Razan viloyatining rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Razan viloyatining iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeyev samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama etishni taklif qildi.Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekiston bilan Razan viloyati o‘rtasidagi hamkorlik to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida yaxshi rivojlangan. Vorfolomeyev energetika, qurilish, raqamlashtirish, shaharsozlik, maishiy chiqindilarni yo‘q qilish kabi boshqa yo‘nalishlarda ham iqtisodiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish istagini bildirdi.Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qildilar.Rahmonov rossiyaliklarni poytaxtdagi yangilanish va o‘zgarishlar bilan tanishtirdi, investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. U Toshkent shahrini yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha jihatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34521875_29:0:972:707_1920x0_80_0_0_1b384ed7a0382b913c24961cdf211385.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, iqtisod, toshkent
o‘zbekiston - rossiya, iqtisod, toshkent
Toshkent va Razan o‘rtasida iqtisodiy aloqalar kengaytiriladi
Razan viloyatining iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeyev Toshkentga keldi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida hokim o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Sharof Rahmonovning Rossiya Federatsiyasi Razan viloyatining rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Razan viloyatining iqtisodiy rivojlanish vaziri Andrey Vorfolomeyev samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama etishni taklif qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda O‘zbekiston bilan Razan viloyati o‘rtasidagi hamkorlik to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida yaxshi rivojlangan. Vorfolomeyev energetika, qurilish, raqamlashtirish, shaharsozlik, maishiy chiqindilarni yo‘q qilish kabi boshqa yo‘nalishlarda ham iqtisodiy aloqalar ko‘lamini kengaytirish istagini bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qildilar.
Rahmonov rossiyaliklarni poytaxtdagi yangilanish va o‘zgarishlar bilan tanishtirdi, investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. U Toshkent shahrini yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning barcha jihatlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.