Sirdaryoda xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tadi

© Official touristic portal of UzbekistanIskusstvo baxshi – eto prejde vsego penie dastanov
Iskusstvo baxshi – eto prejde vsego penie dastanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbek va xorijiy baxshilarning doston termalari ijrosi, betakror folklor asarlar ijrosi, jonli ijro va aytishuvlar, dostonchilik kechalari, gala konsert va boshqa dasturlar taqdim etiladi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 6–8 may kunlari III xalqaro baxshichilik festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan 40 dan ortiq xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan baxshichilik san’atiga doir 30 nafardan ziyod musiqa ijrochilari, 80 nafar taniqli madaniyat va san’at vakillari hamda faxriy mehmonlar, shuningdek, 50 nafarga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.
6 may kuni baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining Sharq madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish va boshqa masalalarga oid “Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Dasturda xorijiy va O‘zbekiston baxshichilik san’ati ustalarining yakkaxon konsertlari, aytishuvlar va dostonchilik kechalari, baxshi-shoir, oqin va jirovlar hamda folklor jamoalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘rin olgan.
Shuningdek, sayillar, O‘zbekistonning dunyoga mashhur shaxslari hayoti va ijodiy faoliyati haqida zamonaviy usulda sahnalashtirilgan dasturlar namoyishi, baxshichilik san’ati tarixiga oid ko‘rgazma, o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyishi o‘tkaziladi.
Festival ko‘rik-tanlovning g‘oliblari va sovrindorlari ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’ati YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0