https://oz.sputniknews.uz/20230501/rossiyada-saratonga-qarshi-yangi-dori-kashf-qilindi-34520455.html
Rossiyada saratonga qarshi yangi dori kashf qilindi
Rossiyada saratonga qarshi yangi dori kashf qilindi
Sputnik O‘zbekiston
MISiS universiteti olimlari saraton kasalligini davolash uchun yangi dori – riboplatinni ishlab chiqdi. 01.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-01T21:26+0500
2023-05-01T21:26+0500
2023-05-01T21:26+0500
bu qiziq
salomatlik
tibbiyot muassasi
saraton
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059989_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_ab43d36de1027356dc9cf7f49dba3711.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Dorining samaradorligi uning aniq yo‘nalishli ta’siriga asoslanadi.Dori tarkibidagi moddalar faollashadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simtaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, bemorning butun tanasiga zararli ta’sir juda kam miqdorda bo‘ladi.Dori tarkibi V2 vitamini deb ham ataladigan riboflavin va bioaktiv molekulaga birlashtirilgan sisplatindan iborat. Ikki komponentni birlashtirish sinergik ta’sirni ko‘rsatadi.“Tadqiqotimiz davomida yaratilgan dori saraton hujayralarida to‘planib, o‘simta nurlantirilganda faollashadi. Shu bilan birga, kasal hujayralar DNKsini bog‘lab turadigan sisplatin ajraladi. Bir vaqtning o‘zida, riboflavin qonda reaktiv kislorod turlarini hosil qiladi, bu esa xavfli o‘simtalarga ham ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi loyiha rahbari, MISiS universiteti biofizika laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Olga Krasnovskaya.Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, bunday kimoterapiya bilan faol moddaning miqdori o‘simta nurlanishining samaradorligi va davomiyligi bilan nazorat qilinishi mumkin.Hozirda olimlar dorini hayvonlarda sinab ko‘rishni boshlamoqchi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059989_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_f17dc90b0e08f5286df5a6784b92f573.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
salomatlik, tibbiyot muassasi, saraton, rossiya
salomatlik, tibbiyot muassasi, saraton, rossiya
Rossiyada saratonga qarshi yangi dori kashf qilindi
MISiS universiteti olimlari saraton kasalligini davolash uchun yangi dori – riboplatinni ishlab chiqdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Dorining samaradorligi uning aniq yo‘nalishli ta’siriga asoslanadi.
Dori tarkibidagi moddalar faollashadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simtaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Lekin, bemorning butun tanasiga zararli ta’sir juda kam miqdorda bo‘ladi.
Dori tarkibi V2 vitamini deb ham ataladigan riboflavin va bioaktiv molekulaga birlashtirilgan sisplatindan iborat. Ikki komponentni birlashtirish sinergik ta’sirni ko‘rsatadi.
“Tadqiqotimiz davomida yaratilgan dori saraton hujayralarida to‘planib, o‘simta nurlantirilganda faollashadi. Shu bilan birga, kasal hujayralar DNKsini bog‘lab turadigan sisplatin ajraladi. Bir vaqtning o‘zida, riboflavin qonda reaktiv kislorod turlarini hosil qiladi, bu esa xavfli o‘simtalarga ham ta’sir ko‘rsatadi”, —
dedi loyiha rahbari, MISiS universiteti biofizika laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Olga Krasnovskaya.
Tadqiqotchining fikriga ko‘ra, bunday kimoterapiya bilan faol moddaning miqdori o‘simta nurlanishining samaradorligi va davomiyligi bilan nazorat qilinishi mumkin.
Hozirda olimlar dorini hayvonlarda sinab ko‘rishni boshlamoqchi.