Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Uchta referendum uchastkasida qoidabuzarliklar aniqlandi – MSK

© Sputnik / Vladimir AlekseyevReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Komissiya a’zosining bir nechta bulletenni o‘zi to‘ldirayotganligi hamda ular tomonidan bulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi hatti-harakatlar aniqlandi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. 30 aprel kuni o‘tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Jumladan, komissiya a’zosining bir nechta bulletenni o‘zi to‘ldirayotganligi hamda ular tomonidan bulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi hatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘yadi.
Shu sababli, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topildi.
30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.
Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.
Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.
Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
Yangiliklar lentasi
0