Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendum paytida qonunbuzarliklar bo‘yicha shikoyatlar kelib tushmadi – Oliy sud

© Sputnik / Vladimir AlekseyevReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga murojaat qilinmagan.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ma’muriy sudlarga referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan, jumladan ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida shikoyatlar kelib tushmadi. Bu haqda Oliy sud raisining o‘rinbosari Xalilillo To‘raxo‘jayev ma’lum qildi.
Referendum jarayonlari Konstitutsiya, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida tashkillashtirilib, o‘tkazildi.
Referendumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari boshlanganidan bugungi kunga qadar referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish, jumladan referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik ishlari sudlarga kelib tushmagan.
Ayni paytga qadar referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va referendum o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarlik uchun biron-bir shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilmagan.
Referendum tashkil qilish, uni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari yoxud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash, fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq jinoyat ishlari ham sudlarning ish yurituviga kelib tushmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan sudga murojaat qilishmagan.
Referendum bilan bog‘liq sudlarga shikoyat bilan murojaat etilmaganligi:
birinchidan, aholining huquqiy ongi oshganligi, ushbu siyosiy jarayon hech kimni befarq qoldirmaganligi, referendum ochiq, shaffof va oshkora o‘tganligi ;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendum jarayoni qonunchilikka muvofiq tashkil etilib, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
uchinchidan, har qanday masalada fuqarolar, shuningdek, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan tegishli muloqot o‘rnatilib, ularga o‘z vaqtida kerakli tushuntirish va ma’lumotlar berilganligi uchun oddiy qilib aytganda, sudlarga shikoyat bilan murojaat qilishga o‘rin va zaruriyat qolmaganligi sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0