https://oz.sputniknews.uz/20230501/qonun-buzilishi-holati-7-ta-xabar-va-murojaat-34501012.html
Qonun buzilishi holati bo‘yicha 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi – bosh prokuror o‘rinbosari
Qonun buzilishi holati bo‘yicha 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi – bosh prokuror o‘rinbosari
Sputnik O‘zbekiston
Referendum ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi.
2023-05-01T11:02+0500
2023-05-01T11:02+0500
2023-05-01T11:02+0500
referendum — 2023
siyosat
o‘zbekiston
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425112_0:143:2727:1677_1920x0_80_0_0_e4705b37334026e9924f47b26dfd80ce.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Referendum jarayoni umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “Referendum to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq rioya etilgan holda kechdi. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ma’lum qildi.Jumladan, referendumga doir ma’lumotlarni monitoring qilish va qonun buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar doirasida internet butunjahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 1 200dan ortiq xabarlar o‘rganildi, ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari kuzatib borildi.Ularning 5 tasi Toshkent shahri, 1 tasi Samarqand viloyati, 1 tasi Namangan viloyati hisobiga to‘g‘ri keldi.5 ta qonun buzilishi holati internet tarmog‘i monitoringi natijasida aniqlandi, 1 tasi Markaziy saylov komissiyasidan olindi, qolgan 1 tasini fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli ishonch telefoniga murojaatlari tashkil etdi.O‘rganishlar natijasida qayd etilgan holatlarning 4 tasi o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, 2 tasi bo‘yicha murojaat etgan fuqarolarning talabi qanoatlantirildi.Shu bilan birga, 1 ta holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.Jumladan, Olmazor tumanidagi 772-sonli referendum uchastkasi komissiya a’zosi, fuqaro N.T. o‘zboshimchalik bilan bulletenlardan 16 donasini olib, oila a’zolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgi qo‘ygan.Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur bulletenlar bekor qilinishi ta’minlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan bulletenlarga qo‘shilgan.Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Bunda aniqlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar to‘liq, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilmoqda.O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlab, ommaviy axborot vositalari orqali qo‘shimcha ma’lumot beriladi.“Shunday bo‘lsada, tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib chiqib, referendumda qonuniylik to‘laqonli ta’minlandi, deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor”, - dedi Aminov.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34425112_0:0:2727:2045_1920x0_80_0_0_2c0e8a5b2074fbb024b7b730cdfb8c4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
referendum-2023
Qonun buzilishi holati bo‘yicha 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi – bosh prokuror o‘rinbosari
Referendum ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Referendum jarayoni umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va “Referendum to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq rioya etilgan holda kechdi. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Shoxrux Aminov ma’lum qildi.
“Siyosiy tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun 3 mingga yaqin xodimlarimiz safarbar etildi, 235 nafar alohida tayyorlangan xodimlardan tarkib topgan Bosh prokuratura va hududiy prokuraturalardagi Tashkiliy guruhlar tizimli ravishda faoliyat olib bordi”, - dedi Aminov.
Jumladan, referendumga doir ma’lumotlarni monitoring qilish va qonun buzilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar doirasida internet butunjahon axborot tarmog‘i hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 1 200dan ortiq xabarlar o‘rganildi, ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlari kuzatib borildi.
Referendum ishtirokchilaridan qonun buzilishi holati mavjudligini tekshirib ko‘rish uchun jami 7 ta xabar va murojaat kelib tushdi.
Ularning 5 tasi Toshkent shahri, 1 tasi Samarqand viloyati, 1 tasi Namangan viloyati hisobiga to‘g‘ri keldi.
5 ta qonun buzilishi holati internet tarmog‘i monitoringi natijasida aniqlandi, 1 tasi Markaziy saylov komissiyasidan olindi, qolgan 1 tasini fuqarolarning prokuratura organlaridagi 1007 raqamli ishonch telefoniga murojaatlari tashkil etdi.
O‘rganishlar natijasida qayd etilgan holatlarning 4 tasi o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, 2 tasi bo‘yicha murojaat etgan fuqarolarning talabi qanoatlantirildi.
Shu bilan birga, 1 ta holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, Olmazor tumanidagi 772-sonli referendum uchastkasi komissiya a’zosi, fuqaro N.T. o‘zboshimchalik bilan bulletenlardan 16 donasini olib, oila a’zolari nomidan referendum qonunchiligini buzgan holda ularga belgi qo‘ygan.
Ushbu holat joyida Komissiya raisi tomonidan aniqlanib, mazkur bulletenlar bekor qilinishi ta’minlangan va umumiy hisobdan chiqarilib, buzib qo‘yilgan bulletenlarga qo‘shilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilmoqda. Bunda aniqlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar to‘liq, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlab, ommaviy axborot vositalari orqali qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
“Shunday bo‘lsada, tahlillarimiz, nazorat tadbirlari, kuzatuv va monitoringlarimizdan kelib chiqib, referendumda qonuniylik to‘laqonli ta’minlandi, deb hisoblashga barcha asoslarimiz bor”, - dedi Aminov.