O‘zbekistonda tojik kavragi o‘simligiga moratoriy joriy etildi

© Press-slujba Ministerstva prirodnix resursov UzbekistanaV Uzbekistane vzali pod osobuyu oxranu redkoe rastenie
V Uzbekistane vzali pod osobuyu oxranu redkoe rastenie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Moratoriydan maqsad esa o‘simlikning tabiiy populyatsiyasi, takror ko‘payishi va qayta tiklanishini ta’minlashdir.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi o‘simligiga uch yil moratoriy joriy etildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bu prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan amalga oshirildi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda kavrak o‘simligidan noqonuniy foydalanish mazkur turning kamayib ketishiga sabab bo‘lib, uning takror va tabiiy ko‘payishiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Moratoriydan maqsad esa o‘simlikning tabiiy populyatsiyasi, takror ko‘payishi va qayta tiklanishini ta’minlashdir.
3 yilga mo‘ljallangan moratoriy davrida yovvoyi holda o‘suvchi tojik kavragidan foydalanganlik holatlari aniqlanganda qonuniy choralar ko‘riladi. Shuningdek, kavrak o‘simligining O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish (tabiatdan ajratib olish, yig‘ish, kesish, zarar yetkazish, nobud qilish) va sotish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
O‘simlik dunyosi obyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblashda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan sassiq kavrak (Ferula assa-foetida) o‘simligining har bir kilogramm shirasi (smola), urug‘i va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 koeffitsiyenti, Qizil kitobga kiritilgan tojik kavragi (Ferula tadshikorum Pimenov) o‘simligining har bir kilogramm shirasi (smola), urug‘i va har bitta tupi uchun yetkazilgan zararni hisoblash miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 koeffitsiyenti etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, kavrak (Ferula) ziradoshlar (soyabonguldoshlar)oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Uning yer yuzida 160 dan ziyod, O‘rta Osiyo respublikalarida 104 ta, O‘zbekistonda esa 50 dan ziyod turlari uchraydi. Kavrakning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishishi, o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarga qarshi dori hamda quvvat beruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Yangiliklar lentasi
0