Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

O‘smirlarning ruhiy salomatligini yaxshilash yo‘li aniqlandi

CC0 / Unsplash / Jesús Rodríguez / Podrostok idet po ulitse
Podrostok idet po ulitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Sharqiy Finlyandiya universiteti olimlari o‘smirlarning ruhiy salomatligini yaxshilash yo‘lini topdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Ma’lum bo‘lishicha, jismoniy faollik depressiya va xavotirlanish alomatlarini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari "Scandinavian Journal of Medicine & Science in Sports" jurnalida chop etildi.
Tadqiqot davomida mutaxassislar 15-16 yoshda bo‘lgan 33 ming o‘smirning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Yoshi, jinsi, etnik kelib chiqishi, oilasining moliyaviy ahvoli, ota-onalarning ta’lim darajasi, maktabgacha bo‘lgan masofa va turmush tarzini hisobga olgan holda tadqiqotchilar jismoniy faoliyat o‘smirlarning ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir qilishini aniqladilar.
Haftada atigi 30 daqiqa mashq qilish surunkali stress belgilarini 17 foizga kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, haftada bir soat jismoniy faollik bilan shug‘ullanadigan o‘smirlarda depressiya va havotir ehtimoli 22 va 32 foizga past bo‘ladi. Haftada kamida to‘rt soat sport bilan shug‘ullanadigan jismoniy faol yoshlarda ruhiy kasalliklarning rivojlanish ehtimoli eng past bo‘ladi deb topildi.
Olimlarning fikricha, bu mexanizmning yo‘li turlicha bo‘lishi mumkin: kayfiyat uchun javob beradigan gormonlar darajasini oshirishdan tortib, uyqu sifatini yaxshilash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishgacha. Biroq, tadqiqot formati aniq sabab-oqibat munosabatlarini aniqlashni nazarda tutmaydi. Ruhiy salomatlik va jismoniy faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlik uzoq vaqtdan beri mutaxassislar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda, ammo keng miqyosdagi o‘smirlar namunalarini o‘rganib chiqadigan tadqiqotlar kamdan-kam uchraydi.
Yangiliklar lentasi
0