Mirziyoyev va Toqayev Toshkentda o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari telefon orqali ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Yetakchilar shu hafta Toshkent shahrida o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini muhokama qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, suhbat avvalida Toqayev Mirziyoyevni 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan qutladi.
Mirziyoyev, o‘z navbatida, Qozog‘iston yetakchisi va qardosh xalqini davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan samimiy tabrikladi.
Muloqot chog‘ida davlat rahbarlarining qarorlarini o‘z navbatida amalga oshirish, eng avvalo, ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Yangiliklar lentasi
0