O‘zbekistonlik o‘quvchilar Mendeleyev olimpiadasida qatnashish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

© pexels.com/RODNAE ProductionsYuridicheskiy uslugi
Yuridicheskiy uslugi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Olimpiada 1-6 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shaxrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston terma jamoasi 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Ostona shahriga yetib borgan.
Olimpiada 1-6 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shaxrida bo‘lib o‘tadi. Bugun olimpiadaning rasmiy ochilish marosimi tashkillashtiriladi.
Mazkur olimpiada O‘zbekistonda 3 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, hozirga qadar O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan jami 85 ta medal qo‘lga kiritilgan (8 ta oltin, 24 ta kumush, 53 ta bronza).
Yangiliklar lentasi
0