https://oz.sputniknews.uz/20230501/markaziy-saylov-komissiyasi-referendumning-dastlabki-natijalari-34500755.html
Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi. 01.05.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-05-01T11:15+0500
2023-05-01T11:15+0500
2023-05-02T09:06+0500
referendum — 2023
siyosat
o‘zbekiston
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458597_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_23586ba8c7ae6a620bd28f17ef32360b.png
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan. 30-aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi. Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1e/34458597_449:176:2859:1984_1920x0_80_0_0_3e76c69c7225dc17d844b179f6d6fb14.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, referendum
siyosat, o‘zbekiston, referendum
Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi
11:15 01.05.2023 (yangilandi: 09:06 02.05.2023) Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan.
“Referendumning dastlabki xulosalariga ko‘ra, unda ovoz beruvchilarning ishtiroki 84,54 foizni tashkil etdi, 16 million 673 ming 189 kishi ovoz berdi”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev.
“Shu munosabat bilan ushbu dastlabki ma’lumotlarga tayanib “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni O‘zbekiston xalqi tomonidan referendumda qabul qilingan deyishga barcha asoslarimiz bor”, - dedi Zayniddin Nizamxodjayev.
30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.
Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.
Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.
Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.