O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 12 ta medal qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 12 ta medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida 12 ta medal qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Toshkent mezbonlik qilgan yengil atletika U18 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 12 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
4 kun davom etgan musobaqada qit’aning 40 ga yaqin mamlakatidan 500 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Chempionatning so‘nggi kunida qizlar o‘rtasida 2000 metrga stipl-chez yugurishida Mahliyo Muhammadjonova 7:10.49 daqiqa bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va jamoaga uchinchi oltin medalni taqdim qildi.
Yetti kurash bahslarida 4739 ochko jamg‘argan Anna Chikalova hamda disk uloqtirish sektorida roppa-rosa 54 metr natija qayd etgan Abduaziz Rahmatullayev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, murosasiz bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0