Davlat qarzining eng yuqori miqdori belgilandi

© PixabayDollar i yevro
Dollar i yevro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni o‘z ichiga oladi hamda qisqa, o‘rta, uzoq muddatli bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekiston davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning (YaIM) yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 29-aprel kuni imzolagan qonunda nazarda tutilgan.
Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Qonunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat:
davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
davlat tomonidan mablag‘ jalb etish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni boshqarish;
davlat qarzi bilan bog‘liq xatarlarni boshqarish;
davlat qarzini restrukturizatsiya qilish;
davlat tomonidan jalb qilingan mablag‘larni qaytadan kreditlash;
davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish;
davlat qarziga oid shartnomalarni va davlat kafolatlarining ro‘yxatini yuritish;
davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish;
davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash va davlat kafolatlarini bajarish.
Shunga ko‘ra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3-yil muddatga tasdiqlanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni o‘z ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), o‘rta (1 yildan 5-yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) bo‘lishi mumkin.

"Davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak", - deyilgan hujjatda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakat davlat qarzi 29,2 mlrd dollar yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etgan.
Yangiliklar lentasi
0